» » Shahrisabzda Xalq bankiga mast holatda kirib, janjal qilgan fuqaro qo‘lga olindi (video)

Shahrisabzda Xalq bankiga mast holatda kirib, janjal qilgan fuqaro qo‘lga olindi (video)


Shahrisabzda Xalq bankiga mast holatda kirib, janjal qilgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa 2-oktabr kuni taxminan 18:10 da yuz berdi. Shahrisabz shahar Xalq bankiga N. ismli fuqaro spirtli ichimlik iste’mol qilib kirdi.

Bankda xizmat olib borayotgan Shahrisabz shahar Ichki ishlar boshqarmasi Tumanlararo qo‘riqlash bo‘limi xodimlari qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan janjal qildi. Nojo‘ya harakatlar qilayotgan vaqtida xodimlar tomonidan ushlanib, qo‘riqlash bo‘limi texnik qo‘riqlash punkti xodimlariga topshirildi. So‘ngra shahar Ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga olib borildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2018, 20:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют