» » YChL. “Liverpul” yutqazdi, “Atletiko M”da g‘alaba, “Barselona” esa “Inter”ni yuta olmadi (video)

YChL. “Liverpul” yutqazdi, “Atletiko M”da g‘alaba, “Barselona” esa “Inter”ni yuta olmadi (video)


6-noyabr sanasida futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi musobaqasining 4-tur bahslari boshlandi. 4 ta guruh jamoalari 4-tur bahslarini o‘tkazdi.

Jumladan, “A” guruhida “Monako” o‘z maydonida “Bryugge”ni qabul qilib, navbatdagi mag‘lubiyatni qabul qildi. Anri shogirdlari bu safar belgiyaliklarga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va guruhdan chiqish imkoniyatini boy berdi.

“Atletiko Madrid” esa safardagi yirik mag‘lubiyat uchun “Borussiya Dortmund” bilan hisob-kitob qilib oldi. Madridliklar Saul Niges hamda Antuan Grizmanning gollari evaziga 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

“B” guruhida esa “Inter” Milanda Kataloniyaning “Barselona” klubi bilan javob uchrashuvida maydonga tushib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvda hisobni 83-daqiqada kataloniyaliklar yarim himoyachisi Malkom ochdi. 87-daqiqada esa Mauro Ikardi gol kiritib, mezbonlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Ikkinchi bellashuvda “Tottenhem” Londonda “PSV Eyndxoven” bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

“C” guruhida peshqadam “Liverpul” safarda “Srvena Zvezda” bilan bahs olib borib, kutilmaganda ikki to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvda Milan Pavkov 7 daqiqa ichida dublga erishdi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlardagi “Napoli” va PSJ esa Neapolda o‘zaro hisob-kitob qilish uchun maydonga tushib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. 45-daqiqada PSJ himoyachisi Xuan Bernat Kilian Mbappening uzatmasidan so‘ng hisobni ochgan bo‘lsa, 62-daqiqada Lorenso Insinye penaltidan gol urib, o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

“D” guruhida Turkiyaning “Galatasaroy” jamoasi safarda “Shalke-04”ga qarshi bahs olib borib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. “Portu” esa o‘z maydonida Moskvaning “Lokomotiv” klubini 4:1 hisobida tor-mor etdi.

Chempionlar Ligasi

4-tur bellashuvlari

6-noyabr, seshanba

“A” guruhi

Gollar: 0:1 – 12 Vanaken, 0:2 – 17, penalti Vanaken, 0:3 – 24 Uesli, 0:4 – 85 Vormer.

Gollar: 1:0 – 33 Saul, 2:0 – 80 Grizmann.

“B” guruhi

Gollar: 0:1 – 83 Malkom, 1:1 – 87 Ikardi.

Gollar: 0:1 – 2 de Yong, 1:1 – 78 Keyn, 2:1 – 89, avtogol Seynsberi.

“C” guruhi

Gollar: 1:0 – 22 Pavkov, 2:0 – 29 Pavkov.

Gollar: 0:1 – 45 Bernat, 1:1 – 62, penalti Insinye.

“D” guruhi

Gollar: 1:0 – 4 Burgshtaller, 2:0 – 57 Ut.

Gollar: 1:0 – 2 Errera, 2:0 – 42 Marega, 2:1 – 59 Farfan, 3:1 – 67 Korona, 4:1 – 90 Otavio.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют