» » Rossiyalik milliarder Dmitriy Ribolovlev Monakoda qo‘lga olindi

Rossiyalik milliarder Dmitriy Ribolovlev Monakoda qo‘lga olindi


Rossiyalik biznesmen Dmitriy Ribolovlev Monako prokuraturasi so‘rovi bilan 6-noyabr kuni ertalab hibsga olindi, deb yozadi Meduza.

Le Monde gazetasi manbalariga ko‘ra, biznesmen korrupsiyada va o‘z nufuzidan foydalanganlikda gumon qilinmoqda. Uning Monte-Karlodagi uyi tintuv qilindi. Le Monde yozishicha, 2017-yilda Ribolovlev shveysariyalik art-diler Ivom Buvye bilan sud da’volashuvining ijobiy yakun topishini ta’minlash uchun Monako politsiyasi rahbariyati bilan aloqasidan foydalanishga uringan.

Ammo “Interfaks” vaziyatdan xabardor manbasiga asoslanib ma’lum qilishicha, Ribolovlev qo‘lga olinmagan, balki so‘roq qilinishga o‘zi borgan.

Ribolovlev  — Rossiyaning eng boy odamlaridan biri. Forbes’ning 2018-yilgi reytingida u 6,8 milliard dollar bilan 18-o‘rinni egallagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2018, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют