» » Isroilda Rossiyadan olmoslar kontrabandasi uchun 6 kishi ushlandi. Ular orasida “olmos qiroli” Lev Levayevning o‘g‘li va ukasi ham bor

Isroilda Rossiyadan olmoslar kontrabandasi uchun 6 kishi ushlandi. Ular orasida “olmos qiroli” Lev Levayevning o‘g‘li va ukasi ham bor


Isroilda Rossiyadan olmoslarning yirik kontrabandasi haqidagi jinoyat ishi tekshirilmoqda, deb yozadi Meduza. Uning doirasida olti kishi, shu jumladan, “olmos qiroli” deb ataluvchi isroillik va britaniyalik biznesmen Lev Levayevning o‘g‘li va ukasi ham qo‘lga olingan.

Ular kontrabanda bilan bir necha yillar davomida shug‘ullanib kelgan. Bu vaqt ichida ular 300 million shekel (81,5 million dollar)lik qimmatbaho toshlarni olib kirishga muvaffaq bo‘lgan. Jinoyat ishi ishtirokchilari pul yuvishda, soliq va bojxona jinoyatlarida, jinoiy til biriktirishda, firibgarlikda, hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblanmoqda.

Ular mart oxirida huquq-tartibot organlari nazariga tushgan. Bungacha, 2017-yilda Tel-Aviv aeroportida LLD Diamonds (Lev Levayevning olmos loyihalarini boshqaradi) kompaniyasi xodimini ko‘rib qolishgan, u repatriatsiya doirasida olti yil avval Isroilga qaytgan edi. Uning yukidan olmoslarni topishgan, u tergovga yordam berishga rozi bo‘lib, jinoiy sxema haqida gapirib bergan. Qazib chiqarish bilan Rossiyada shug‘ullanishgan, so‘ng olmoslarni mamlakatga kiritib, shundan keyin Isroilga yo‘naltirishgan.

Besh gumonlanuvchi LLD Diamonds’ning Rossiya va Isroildagi bo‘linmalari xodimlaridir. Yana bir kishi 2011-yildan kompaniya top-menejeri bo‘lib ishlab kelgan.

Biznesmenning o‘zi matbuot xizmati orqali olmoslar kontrabandasi aloqador emasligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют