» » O‘zbekistonda baliqchilik xo‘jaliklariga imtiyozlar taqdim etildi

O‘zbekistonda baliqchilik xo‘jaliklariga imtiyozlar taqdim etildi


Baliqchilik sohasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat matnini O‘zA e’lon qildi.

Qarorga muvofiq uzluksiz suv ta’minlash imkoniyati bo‘lgan sun’iy suv havza maydonlari mavjud bo‘lgan baliqchilik xo‘jaliklari bosqichma-bosqich intensiv usulda baliq yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.

Qaror bilan baliqchilikni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan 50 million AQSh dollari miqdorida “Ipoteka bank” ATIBning ustav kapitalidagi davlat ulushi oshirildi.

Tijorat banklari tomonidan 2019—2020-yillarda ajratilayotgan kredit foizi uchun Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya berishning quyidagi tartibi o‘rnatildi:

2021-yil 1-noyabrga qadar quyidagilar bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi:

Yangidan tashkil etiladigan sun’iy suv havzalarida baliq yetishtirish loyihalariga yer uchastkalari intensiv usul va resurs tejamkortexnologiyalar qo‘llanganda, Suv xo‘jaligi vazirligining xulosasi asosida ajratiladi.

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutini rivojlantirish uchun 2019-yilda Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 1 milliard so‘m ajratiladi. Bundan tashqari qaror bilan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida intensiv usulda baliq yetishtirishni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha komissiya tashkil qilindi.

2019-yildan boshlab har yili noyabr oyida baliqchilikka oid ko‘rgazma o‘tkazish amaliyoti joriy qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2018, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют