» » Uchtepadagi 236-maktab o‘quvchilari va tarix fani o‘qituvchisi o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi. O‘qituvchi tan jarohati oldi

Uchtepadagi 236-maktab o‘quvchilari va tarix fani o‘qituvchisi o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi. O‘qituvchi tan jarohati oldi


Shu yilning 27-oktabrida Toshkentning Uchtepa tumanidagi 236-maktabda noxush voqea ro‘y berdi. Maktabning 11-“A” sinfida tahsil olayotgan bir guruh o‘quvchilar hamda tarix fani o‘qituvchisi o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik tartibsizlikka aylanib, o‘qituvchining yengil tan jarohati olishiga sabab bo‘ldi. “Xalq so‘zi Online” ushbu kelishmovchilik tafsilotlarini e’lon qildi.

Mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari ushbu voqeaga befarq qarab turmadi.

Ayni paytda ushbu maktabda Uchtepa tumanida joylashgan 4 ta mahalla farzandlari tahsil olmoqda. Jumladan, Istirohat, Shaftolizor, O‘tkir va Jarbuloq mahallalarining faollari shu munosabat bilan maktabda tashkil etilgan muhokamada o‘quvchilar, ularning ota-onalari bilan yuzma-yuz suhbatlashdi. Aniqlanishicha, ta’lim muassasasida shu kunga qadar bunday holat kuzatilmagan. O‘quvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan bu kabi odobsizlik sababi, oiladagi tarbiyaviy muhit atroflicha muhokama qilindi.

“Bola tarbiyasiga, yaxshi ta’lim olishiga birgina maktab javobgar emas. Buning uchun, eng avvalo, bolaning ota-onasi, mahalla ahli ham birdek mas’ul. Shuning uchun bugun biz barcha faollarni yig‘ib, ota-onalarni ham shu yerga chaqirdik. Maqsadimiz ro‘y bergan voqeada kimnidir ayblash yoki jazolash emas. Aksincha, biz nima uchun bu kabi voqealar ro‘y beryapti, bolalarimiz bunday ishga qo‘l urayotganining sababi nimadaligini aniqlab olib, shunga yarasha chora ko‘rishimiz kerak. Toki, ustozga nisbatan bunday hurmatsizlik qayta takrorlanmasin. Bolalarni ham ortiqcha siquvga olib, jazolash fikridan yiroqmiz. Ular bilan birga ko‘proq ota-onalari bilan ishlayapmiz.  O‘z farzandining orqasidan yaxshi gap emas, mana bunday achchiq gaplarni eshitish qanchalik og‘ir. Voqea ro‘y berdimi, shunga yarasha ish olib borish kerak. Demak, mahalla faollari shu o‘quvchilarning xonadoniga yanada chuqurroq kirib borishi, ular va ota-onalar bilan suhbatda bo‘lishi talab etiladi”, — deydi Uchtepa tumani “Istirohat” MFY raisi Ne’mat Rafiqov.

Mahalla faollari ota-onalarning bu boradagi alohida mas’uliyati xususida to‘xtalib o‘tdi. Maktabda o‘tkazilgan bir necha yig‘ilishlarga qatnashmasdan befarqlik bilan qarayotgan ota-onalar tanqid qilindi. Bolalarning ayni katta hayotga qadam qo‘yadigan, oq-qorani taniydigan yoshida bu kabi holatlar yuz berayotgani mahalla faollarini ham tashvishga solishi, tabiiy. Bundan keyin mahalla — maktab — ota-onalar hamkorligini yanada kuchaytirish, mahalla huzuridagi “Ota-onalar universiteti” faoliyatini jonlantirish xususida kelishib olindi.

Xuddi shunday yig‘ilish mahallalar miqyosida ham tashkil etilib, qoidabuzar o‘quvchilarga mahalla faollari, ota-onalar, maktab jamoasi va nuroniylar tomonidan ustoz maqomi, uni hurmat-izzat qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2018, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют