» » “O‘zbekkonsert” Sardor Rahimxon va Tohir Usmonovga litsenziya berilmayotgani sababini ma’lum qildi (video)

“O‘zbekkonsert” Sardor Rahimxon va Tohir Usmonovga litsenziya berilmayotgani sababini ma’lum qildi (video)


“O‘zbekkonsert” DM direktori Odiljon Abduqahhorov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Odiljon Abduqahhorov intervyu davomida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon hamda xonanda Tohir Usmonovlarga litsenziya berilmayotgani sababini quyidagicha izohladi.

Ularning litsenziyasi qaytarib beriladi. ‘O‘zbekkonsert’ DM ‘Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi’ bor, o‘sha guruhlar tomonidan litsenziya berish yoki bermaslik tartibi ko‘rib chiqiladi. Topshirilgan hujjatlar ko‘rib chiqilib, xulosa beriladi hamda xulosa asosida fuqorolarga litsenziya beriladi. Sardor Rahimxon yoki Tohir Usmonov ijod qilish maqsadi bo‘lsa, marhamat ‘Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi’ga murojaat qilishlari mumkin. Bugungi kunga qadar ushbu xonandalar litsenziyasini tiklatish uchun murojaat qilishmagan.

Odilxo‘ja Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori

Eslatib o‘tamiz, Sardor Rahimxon hamda Tohir Usmonovlarning litsenziyasi “O‘zbekkonsert” DM yig‘ilishiga bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramasdan, sababsiz kelmagani uchun olib qo‘yilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2018, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...