» » Turkiya — O‘zbekiston “Salomatlik haftaligi” 3—9-noyabr kunlari Nukus shahrida bo‘lib o‘tmoqda

Turkiya — O‘zbekiston “Salomatlik haftaligi” 3—9-noyabr kunlari Nukus shahrida bo‘lib o‘tmoqda


Turkiya va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi — TIKA hamkorligida amalga oshiriliyatgan Turkiya — O‘zbekiston “Salomatlik haftaligi” shu yilning 3—9-noyabr kunlari Qoraqolpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

O‘zbekiston va turkiyalik jami 38 shifokor ishtirokida bo‘lib o‘tadigan aksiyada plastik va rekonstruktiv jarrohlik hamda ginekologik yo‘nalishlarda operatsiyalar amalga oshiriladi. 2018-yil Termiz va Toshkent shaharlarida ikki marta amalga oshirilgan “Salomatlik haftaligi”ning uchinchisi Nukus shahridagi Respublika Pediatriya Tibbiyot markazi va Onkalogiya despansirida bo‘lib o‘tadi.

Aksiya uchun kerakli  dori-darmon va tibbiyot anjomlari Turkiyadan keltirilgan bo‘lib, aksiya davomida Turkiya va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tajribali shifokorlari tomonidan bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsad qilib qo‘yilgan.

7 kun davom etadigan aksiyada 600 ga yaqin bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, 200 atrofida bemorlarni operatsiya qilish rejalashtirilgan. Shu bilan bir qatorda og‘ir operatsiyalarga ehtiyoji bo‘lgan bemorlarning barcha xarajatlari Turkiya Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va TIKA tomonida qoplangan holda Turkiyada davolashlarini taminlash ham rejalashtirilgan.

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi,  O‘zbekiston va Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamkorligida 2009—2017-yillar davomida bunday aksiyalar O‘zbekistonning turli viloyatlarida 11 marotaba o‘tkazilgan bo‘lib,  bu aksiyalarda 3637 ta 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib,  1049 tasi bepul operatsiya qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2018, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют