» » Hindistonda narxi 4 dollar bo‘lgan smartfonlar yetkazib berishni va’da qilgan kompaniya asoschisi qo‘lga olindi

Hindistonda narxi 4 dollar bo‘lgan smartfonlar yetkazib berishni va’da qilgan kompaniya asoschisi qo‘lga olindi


Hindistonning G‘oziobod shahri politsiyasi narxi 4 dollar bo‘lgan smartfonlar yetkazib berishni va’da qilgan Ringing Bells kompaniyasi asoschisi Moxit Goelni firibgarlikda gumon qilib, qo‘lga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ringing Bells loyihani ishga tushirgan payt — o‘tgan yil fevralida 4 dollar 251 rupiyga to‘g‘ri kelgan, shu sababli smartfon Freedom 251 nomini oldi. Kompaniya qisqa vaqt mobaynida 70 million buyurtma to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

2016-yil 30-iyunda 2,5 million smartfon yetkazib berish va’da qilingandi, biroq iyulga kelib atigi 5 ming dona qurilma yetkazildi, xolos. Shundan so‘ng kompaniya aslida Tayvan ishlab chiqaruvchisining tayyor telefoni bo‘lgan Freedom 251 haqida umuman hisob bermay qo‘ydi. Smartfon sotuvi to‘xtatildi va kompaniya buning o‘rniga qimmat smartfonlar va boshqa texnika oldi-sotdisi bilan shug‘ullandi.

Mavzuga doir: iPhone’ning Hindistonda yaratilgan 4 dollarlik kloni soxta bo‘lib chiqdi

Moxit Goel to‘lagan mablag‘i evaziga vaqtida va sifatli smartfonlarni ololmagan Ayam Enterprises kompaniyasi shikoyatiga ko‘ra hibsga olindi. Politsiya kompaniyaning boshqa rahbarlarini ham qo‘lga olish choralarini ko‘rmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-02-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют