» » Qashqadaryoda achchiq qalampir eksport qilinadi

Qashqadaryoda achchiq qalampir eksport qilinadi


O‘tgan davr davomida Qashqadaryoda yetishtirilgan qovun-tarvuz, limon, uzum, olma mahsulotlari mavsumiy eksportga jo‘natilgan bo‘lsa, hozirda achchiq qalampir eksporti amalga oshirilmoqda. Bu haqda bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu mahsulotni eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirishda “Nasaf” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari yaqindan amaliy yordam ko‘rsatishmoqda.

– Joriy yilning sentabr-oktabr oyida qiymati qariyb 184 ming AQSh dollarilik yangi uzilgan hamda quritilgan achchiq qalampir mahsulotlari eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi, – deydi, “Nasaf” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig‘i G‘ani Bozorov. – Mahsulotlar “Big Agro Legumes” MChJ tomonidan Rossiya va Arab mamlakatlariga jo‘natilmoqda.

Mavzuga doir: Vazirlar Mahkamasi xorij tajribasi asosida achchiq qalampir yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2018, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют