» » Tokio—2020. O‘zbekiston OTJning Osiyo chempionati saralash bosqichida kimlarga qarshi o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

Tokio—2020. O‘zbekiston OTJning Osiyo chempionati saralash bosqichida kimlarga qarshi o‘ynashi ma’lum bo‘ldi


2019-yilning mart oyida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentdagi Osiyo chempionati musobaqasining saralash bosqichida ishtirok etadi. 7-noyabr, chorshanba kuni mazkur saralash bosqichiga qur’a tashlandi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.

Qur’aga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchilar “F” guruhida Hindiston, Tojikiston va Pokiston terma jamoalari bilan Osiyo chempionati final bosqichiga chiqish uchun kurashga kirishadi. Saralash o‘yinlariga 2019-yilning 22—26-mart kunlari Toshkent shahri mezbonlik qiladi.

Reglamentiga ko‘ra, saralash bahslari sharq va g‘arb mintaqalariga bo‘lingan holda o‘tkaziladi. Har ikki mintaqadagi guruhda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jami 11 ta terma jamoa Osiyo chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Ularga o‘z guruhlarida eng yaxshi natija qayd etgan 4 ta ikkinchi o‘rin sohiblari hamda mezbon sifatida Tailand olimpiyachilari ham qo‘shiladi.

Tailanddagi Osiyo chempionatida 16 ta terma jamoa qatnashadi. 1, 2 va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoalar Tokio—2020 Olimpiadasida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2018, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют