» » Kamerunda o‘g‘irlangan 78 nafar maktab o‘quvchisi ozod etildi

Kamerunda o‘g‘irlangan 78 nafar maktab o‘quvchisi ozod etildi


Kamerun hukumati 5-noyabr kuni o‘g‘irlab ketilgan maktab-internati o‘quvchilarining ozod qilinganini ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

Qayd etilishicha, 78 nafar maktab o‘quvchisi va maktabning haydovchisi ozod qilingan.

Maktab direktori va o‘qituvchisi ularni o‘g‘irlagan qurolli shaxslar qo‘lida qolmoqda. Bu haqda o‘zaro muzokaralar olib borayotgan cherkov xodimi so‘zlab bergan.

Bolalarning ozod qilinishi tafsilotlari oshkor qilinmayapti.

Qayd etilishicha, maktab o‘quvchilarini Bafut shahridagi binoda qoldirishgan. Hukumat bolalarni uylariga jo‘natishdan oldin ularni so‘roqqa tutishga qaror qilgan.

Mavzuga doir: Kamerunda 79 nafar maktab o‘quvchisi o‘g‘irlab ketildi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2018, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют