» » Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlaridagi bozorlarda qo‘lbola isitish moslamalari savdosiga chek qo‘yildi

Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlaridagi bozorlarda qo‘lbola isitish moslamalari savdosiga chek qo‘yildi


Farg‘ona viloyatida joriy yilning 5—6-noyabr kunlari belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilib, 14 xil turdagi 240 dona qariyb 3 million so‘mlik qo‘l bola isitish anjomlari daliliy ashyo sifatida vaqtincha saqlash uchun olindi. Bu haqda O‘zA xabarida aytiladi.

Aytish mumkin, bu bilan 240 xonadonning qo‘lbola nostandart isitish moslamalaridan foydalanishi oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizliklar bartaraf etildi, deyiladi xabarda.

Jumladan, Marg‘ilon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro E.I. hech qanday hujjatlarsiz qo‘lbola yasalgan nostandart isitish moslamalarini ishlab chiqarib, shahar hududidagi bozorda sotish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi. Natijada, ushbu “tadbirkor”ning 6 xil turdagi 200 dona 916,5 ming so‘mlik, xuddi shunday faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan farg‘onalik “uddaburon”ning esa 3 xil turdagi 5 dona 850 ming so‘mlik tovar moddiy boyliklari daliliy ashyo sifatida vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yildi.

Shuningdek, Qo‘qon shahridagi Z.Volidiy ko‘chasida joylashgan ustaxonada fuqaro S.M. 15 kundan buyon hech qanday hujjatlarsiz qo‘lbola isitish pechlarini yasash bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi. Natijada, qoidabuzarga belgilangan tartibda chora ko‘rildi hamda uning 1 million so‘mdan ortiq qiymatdagi 5 turdagi qo‘lbola yasalgan tunuka isitish anjomlari ham olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2018, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют