» » Londondagi World Travel Market — 2018 xalqaro ko‘rgazmasida “O‘zbekiston havo yo‘llari” ham ishtirok etmoqda

Londondagi World Travel Market — 2018 xalqaro ko‘rgazmasida “O‘zbekiston havo yo‘llari” ham ishtirok etmoqda


5-noyabr kuni Londonda an’anaviy World Travel Market – 2018 xalqaro sayyohlik ko‘rgazma-yarmarkasi o‘z ishini boshladi. Unda “O‘zbekiston havo yo‘llari” O‘zbekiston yagona stendida o‘z xizmatlari haqida ma’lumot taqdim etmoqda. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar qildi, deb yozadi O‘zA.

Uch kun davomida ko‘rgazma mehmonlari milliy aviatashuvchining yo‘lovchi va yuk tashuvlari sohasidagi imkoniyatlari haqida, shuningdek, respublikaning sayyohlik yo‘nalishlari, turizmning har xil turlari, taklif etilayotgan turlar va turistlar uchun yaratilgan infratuzilma haqida to‘liq axborot olishi mumkin.

WTM — 2018 doirasida “O‘zbekiston havo yo‘llari” mutaxassislari chet ellik sheriklar bilan O‘zbekistonga turistlarni jalb etish va aviakompaniya reyslarida yo‘lovchi oqimini oshirish masalalari bo‘yicha qator muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2018, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют