» » Sirdaryoda “qo‘lbola” isitish moslamalari savdosiga chek qo‘yilmoqda

Sirdaryoda “qo‘lbola” isitish moslamalari savdosiga chek qo‘yilmoqda


Kuz-qish mavsumida uy-joylarni isitishda tabiiy va suyultirilgan gazdan, qattiq yoqilg‘idan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash qoidalariga rioya etmaslik holatlari uchrab turadi. Oqibatda aholi xonadonlarida yong‘in kelib chiqishi yoki is gazidan zaharlanish holatlari ro‘y berib, insonlarning hayoti va salomatligiga jiddiy zarar yetishi mumkin. Ana shunday ko‘ngilsiz voqealarning sababchisi “qo‘lbola” nostandart isitish moslamalari bo‘lishi mumkin, deb yozadi O‘zA.

Mazkur holatlarning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi “Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan davlat soliq xizmati idoralariga qo‘lbola yasalgan nostandart isitish moslamalarini ishlab chiqarish hamda ularning bozorlar va turli savdo shoxobchalarida sotilishining oldini olish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish vazifasi yuklatildi.

Shundan kelib chiqqan holda Sirdaryo viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari bevosita joylarga chiqib, qo‘lbola isitish moslamalari bilan savdo qilish noqonuniy ekanligi yuzasidan tadbirkorlar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

“Qaror talablaridan kelib chiqib, bozorlar va savdo komplekslarida ‘qo‘lbola’ usulda yasalgan isitish vositalarini sotish noqonuniy ekanligi yuzasidan bugungi kunga qadar 20 nafardan ortiq tadbirkorga rasman ogohlantirishlar berildi va ularning bunday vositalarni sotishdan voz kechishiga erishilmoqda. Ogohlantirishdan keyin ham ushbu moslamalarni sotish davom ettirilsa, ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘riladi, tovar moddiy boyliklar esa davlat foydasiga musodara qilinadi”, — deydi Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i Murod To‘raqulov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2018, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют