» » Endilikda GM Uzbekistan avtomobillarini onlayn rejimda xarid qilsa bo‘ladi

Endilikda GM Uzbekistan avtomobillarini onlayn rejimda xarid qilsa bo‘ladi


“O‘zavtosanoat” onlayn rejimda GM Uzbekistan avtomobillarini xarid qilish imkoniyatini yaratuvchi “Uzavtosavdo” internet va mobil platformani ishga tushirmoqda. Bu haqda 7-noyabrda “O‘zavtosanoat” AJ vakillari ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi, deb xabar berdi Turon 24.

Endilikda barcha “Uzavtosavdo.uz” saytida avtomobil xarid qilishi, hamda Android va iOS mobil telefonlari uchun Uzavtosavdo ilovasini yuklab olishlari mumkin.

Ilova yuklab olingach, Yagona identifikatsiyalash tizimidan ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. Elektron imzosi bo‘lgan xaridorlar avtomobilni chet eldan turib ham xarid qilish imkoni bo‘ladi.

Mobil ilova orqali buyurtma berilgandan so‘ng avtomobil narxining 3% to‘lanishi kerak bo‘ladi.

Avtomobil narxining 85% to‘langan taqdirda, mashina xaridorning uyiga bepul yetkazib beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2018, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют