» » Zoyir Mirzayev Sharof Rashidov tumani hokimiga aylandi

Zoyir Mirzayev Sharof Rashidov tumani hokimiga aylandi


O‘zbekiston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Zoyir Toirovich Mirzayev Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

U tuman xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida jamoaga tanishtirilgan.

Sharof Rashidov tumaniga shu kungacha Sayfiddin Umarovich Ismailov rahbarlik qilib kelayotgandi. U 2016-yilning dekabrida Jizzax viloyati hokimligidan tuman hokimligiga tushirilgandi (o‘sha vaqtda Jizzax tumani).

Zoyir Mirzayev 29-oktabr kuni prezident farmoni bilan g‘alla ekish va sug‘orish ishlarini tashkil etish jarayonida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani bois O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2018, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют