» » Popda alimentdan 31 mln so‘m qarzi bo‘lgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi. U 2009-yildan beri aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan

Popda alimentdan 31 mln so‘m qarzi bo‘lgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi. U 2009-yildan beri aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan


MIB Pop tuman bo‘limi va ma’muriy sud hamkorlikda o‘tkazgan sayyor sudda alimentdan 31 million so‘m qarzi bo‘lgan fuqaroga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga MIB viloyat boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi ma’lum qildi.

Chust tumanlararo sudining 2009-yil 6-aprel kungi ijro varaqasiga asosan A.N.dan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun M. E. foydasiga aliment undirilishi belgilangandi.

Qaror talabiga ko‘ra aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab borish majburiyati yuklangan bo‘lsada, 2018-yil oktabr oyiga qadar 31 million so‘m qarzdorlik to‘planib qolgan.

MIB tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan bir necha bor ogohlantirishga qaramay qarzdor aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. Shunga asosan unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tayyorlangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun tuman ma’muriy sudiga yuborildi.

6-noyabr kuni o‘tkazilgan sayyor sudda A.N. va aliment to‘lovlaridan qatta miqdorda qarzdorligi bo‘lgan yana ikki fuqaroga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют