» » Samarqandda tashkil etilgan Hadis ilmi maktabida “hadisshunoslik” bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi

Samarqandda tashkil etilgan Hadis ilmi maktabida “hadisshunoslik” bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi


O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Hadis ilmi maktabi tashkil etilishi tafsilotlariga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi “Hadis ilmi maktabi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi muassisligidagi Hadis ilmi maktabi xususida ma’lumot berildi.

Jumladan, mazkur ta’lim dargohi bitiruvchilariga beriladigan davlat namunasidagi diplom O‘zbekiston Respublikasida oliy diniy ta’lim sohasidagi bakalavr darajasini beruvchi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat, deb e’tirof etiladi. Maktabda “Hadisshunoslik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kadrlar tayyorlanadi. O‘qish muddati 5 yil bo‘lib, kunduzgi ta’lim shaklida olib boriladi. Maktabga arab tilini puxta o‘zlashtirgan, hadislarni yod olishga salohiyatli bo‘lgan o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilaridan saralab olinadi.

Hadis ilmi maktabida Qur’on, hadis, fiqh va aqida ilmi, arab tili, Islom tarixi, aniq va tabiiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar hamda xorijiy tillardan yoshlarga saboq beriladi. Ushbu maktabni shakllantirishda Misr Arab Respublikasidagi Al-Azhar universiteti, Mavritaniyadagi Hadis ilmi mutaxassislarini tayyorlash markazi, Turkiyadagi Marmara davlat universiteti, Pokistondagi Dorul ulum universiteti va boshqa xorijiy ta’lim muassasalarining tajribasi o‘rganildi.

Hadis ilmi maktabiga 2018—2019-o‘quv yili uchun qabul joriy yilning 8-noyabridan 15-noyabrigacha belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2018, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют