» » Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlari ish haqi miqdorini oshirish haqidagi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlari ish haqi miqdorini oshirish haqidagi qarorni imzoladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “Davlat tibbiyot muassasalari va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Qarorga muvofiq, davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq to‘lash miqdorlari 2018-yil 1-dekabrdan 1,2 baravar va 2019-yil 1-apreldan 1,15 baravar bosqichma-bosqich oshiriladi.

Mutasaddi idoralar 2019-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha quyidagilarga yo‘naltirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:

Davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining lavozimiga va malakasiga, ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning murakkablik va javobgarlik darajasi, shuningdek, davolash-profilaktika muassasalari ixtisosligiga qarab bazaviy lavozim maoshlarini joriy etish;

Tibbiyot xodimlari faoliyatini va mehnati unumdorligini baholashning zamonaviy usullarini, shu jumladan, davolangan bemorlar elektron statistikasini bosqichma-bosqich tatbiq etish va bemorlar o‘rtasida onlayn so‘rovlar o‘tkazish orqali joriy etish;

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning amaldagi tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqish, ular bajaradigan ishlar sifati, erishiladigan natijalar va ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarga jamoatchilik tomonidan berilgan baholarga qarab ularga haq to‘lanishini ta’minlash;

Tibbiyot muassasalari rahbarlariga alohida o‘rnak ko‘rsatgan vrachlarga Tibbiyot tashkilotlarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tarif stavkasining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda har oylik shaxsiy ustamalar belgilash huquqini berish.

Hujjat bilan Sog‘liqni saqlash, Moliya hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklarining Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2018, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют