» » O‘zbekistonda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari daxlsizlik maqomi bo‘yicha dyeputatlar va senatorlarga tenglashtirildi

O‘zbekistonda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari daxlsizlik maqomi bo‘yicha dyeputatlar va senatorlarga tenglashtirildi


Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qaror bilan saylov tizimini yanada takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishi etib saylovlarni o‘tkazishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, saylov komissiyalari faoliyatida jamoatchilik ishtirokini keng ta’minlash belgilandi.

Bundan tashqari, qarorga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi a’zolari daxlsizlik maqomi bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolariga tenglashtirildi.

Markaziy saflov komissiyasi tarkibida Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi tashkil etildi. Markaz saylov komissiyasi a’zolarini o‘qitish va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.

Shuningdek, qaror bilan Saylov qonunchiligi va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Saylov kodeksi loyihasini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish, muhokama natijalariga ko‘ra loyiha matnini takomillashtirish va Saylov kodeksini qabul qilish (muddat 2018-yil noyabr—dekabr), shuningdek boshqa qonun hujjatlari va Markaziy saylov komissiyasi hujjatlarini Saylov kodeksiga muvofiqlashtirish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют