» » Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod Donald Trampga maktub yo‘lladi

Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod Donald Trampga maktub yo‘lladi


Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod Amerika yetakchisi Donald Trampga maktub yo‘lladi. Ko‘p varaqli maktubning matni Eron sobiq rahbarining saytiga joylashtirilgan, deb yozadi “TASS”.

Ahmadinajod maktubida turli siyosiy va iqtisodiy mavzular, odob-axloq qoidalari, shu jumladan, turli tarixiy shaxslar va zamonaviy siyosatchilarning ayollarga bo‘lgan munosabati va tarix sahifalariga, hatto buyuk fors shoiri Sa’diyning ijodiga murojaat qiladi.

Sobiq prezident maktubida 25 asrdan ortiq tarixga ega buyuk eron millati nomidan fikr bildiradi.

Ahmadinajod bundan avval ham dunyo yetakchilari, jumaladan, AQSh prezidenti kichik Jorj Bush va Barak Obama, shuningdek, Germaniya kansleri Angela Merkelga ham yuqoridagi kabi maktublarni yuborgan.

Sobiq prezidentning bu kabi faol yozishmalari Eronda salbiy reaksiyani keltirib chiqarmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-02-2017, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют