» » Fayzulla Xo‘jayevning nomi Rossiyada ochilgan Repressiya qurbonlari xotira devoridan joy oldi

Fayzulla Xo‘jayevning nomi Rossiyada ochilgan Repressiya qurbonlari xotira devoridan joy oldi


O‘zbekistonning birinchi bosh vaziri Fayzulla Xo‘jayevning nomi Rossiyada yaqinda ochilgan Repressiya qurbonlari xotira devoridagi ro‘yxatdan joy oldi, deb yozadi “Podrobno.uz” “Memorial” huquqni muhofaza qilish jamiyatiga tayanib.

Shu tariqa, ro‘yxat sharofati bilan O‘zbekistonning taniqli davlat va jamoat arbobi dafn qilingan joy noma’lumligi borasidagi barcha shubhalarga nuqta qo‘yildi, deyiladi xabarda.

Xotira ro‘yxati SSSR Ichki ishlar xalq komissariatining “Kommunarka” maxsus obyektida — xalq komissari Genrix Yagodaning sobiq dala hovlisi joyidagi otish poligonida ochilgan.

Fayzulla Xo‘jayev G‘arb tarixchilari tomonidan 1920—30-yillarning eng samarador menejerlaridan biri sifatida tan olingan. Uning davrida O‘zbekistonda 400 ga yaqin sanoat obyektlari qurilgan.

Xotira devoridan O‘zbekistonning yana bir rahbari — Akmal Ikromov ism-sharifi ham o‘rin olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2018, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют