» » Karim Benzema “Real” va YChL tarixidan joy oldi

Karim Benzema “Real” va YChL tarixidan joy oldi


7-noyabr, chorshanba kuni Yevropa Chempionlar Ligasining 4-turida Madridning “Real” jamoasi safarda Chexiyaning “Viktoriya” klubini 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

Mazkur o‘yinda fransiyalik hujumchisi Karim Benzema 2 ta gol urib, dublga erishdi. Natijada Karim Chempionlar Ligasining 21 ta o‘yinida 2 va undan ortiq gol urgan 4-raqamli o‘yinchi sifatida musobaqa tarixidan o‘rin oldi. Hozirgacha Krishtianu Ronaldu (54 o‘yinda), Leo Messi (44) va Raul (26) 21 tadan ko‘proq o‘yinlarda 2 va undan ortiq gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Shuningdek, 30 yoshli hujumchi “Real” safida barcha musobaqalarni hisobga olganda 200 hamda 201-gollarini kiritdi. Karim shu tariqa “Real” tarixidagi 7-raqamli eng yaxshi to‘purarga aylandi.

“Real Madrid”ning barcha davrlardagi to‘purarlari ro‘yxati quyidagicha:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2018, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют