» » O‘zbekiston xorijlik mutaxassislarni jalb qilish uchun sharoitlar yaratadi

O‘zbekiston xorijlik mutaxassislarni jalb qilish uchun sharoitlar yaratadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xorijlik malakali mutaxassislarni O‘zbekistonda ishlashiga qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qarorni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Qaror bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklandi. Xususan, agentlik malakali chet ellik mutaxassislarga ularning O‘zbekiston hududida mehnat qilishiga ko‘maklashadi va malakali chet ellik mutaxassislarning elektron ma’lumotlar bazasini yuritadi.

1-dekabrdan malakali chet ellik mutaxassislarga nisbatan mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni olish (berish) bo‘yicha tartib-taomilni saqlagan holda xorijiy ishchi kuchini jalb qilishga ruxsatnomalarni olish (uzaytirish) zaruriyati haqidagi talab bekor qilinadi.

Tasdiqnomalarni rasmiylashtirish va berish (uzaytirish) uchun yuqori malakali mutaxassisdan eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida, malakali chet ellik mutaxassislardan — eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Tasdiqnomalar muddati 3 yilni tashkil qiladi, uni uzaytirish mumkin.

Qaror bilan yuqori malakali mutaxassis va malakali mutaxassis tushunchasiga ta’rif berildi.

Xususan, tegishli reytingda birinchi 1 000 o‘rinlardan birida turuvchi oliy ta’lim muassasasini bitirgan, 5 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan, O‘zbekistonda ishlashi uchun yiliga 60 ming AQSh dollaridan kam bo‘lmagan summada ish haqi olishi nazarda tutuvchi shaxslar yuqori malakali mutaxassislar deb e’tirof etiladi.

Malakali mutaxassislar deb e’tirof etilishi uchun oliy ma’lumot, 5 yillik ish staji hamda O‘zbekistonda ishlashi uchun yiliga 30 ming AQSh dollaridan kam bo‘lmagan summada ish haqi olish lozim bo‘ladi.

Yuqori malakali va malakali mutaxassislar tasdiqnoma olmasdan o‘rindoshlik asosida ishlash huquqiga ega. Ularga mehnat vizasi mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi amal qiladigan, biroq 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi;

2018-yil 1-dekabrdan eng kam oylik ish haqining 8 500 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, xorijiy korxona tashkil etish shaklida investitsiya kiritgan chet el fuqarolari hech qanday ruxsat beruvchi tartib-taomillarni o‘tmagan holda mazkur tashkilotning istalgan lavozimida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

2019-yil 1-yanvardan boshlab yuqori malakali mutaxassislardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.

Xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarini nostrifikatsiyalash to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi.

Tashqi ishlar vazirligiga manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda uch oylik muddatda “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomi to‘g‘risida”gi Qonunini ishlab chiqish yuklandi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra 3 oy muddatda bir necha xalqaro tillarda (ingliz, nemis, arab, xitoy, rus va boshqalar) ishlaydigan O‘zbekistonga kirish va undan chiqish tartib-taomillari, viza, yashash guvohnomasi olish, ro‘yxatga turish, propiska qilinish tartibi, soliq va mehnat munosabatlari xususiyatlari, chet el fuqarolari uchun imtiyoz va preferensiyalar bo‘yicha batafsil axborotni nazarda tutuvchi hamda ish va uy-joy izlash bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oluvchi maxsus axborot portali ishga tushiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2018, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют