» » Ektor Kuper “A” litsenziyasiga da’vogar o‘zbekistonlik mutaxassislarning savollariga javob qaytardi

Ektor Kuper “A” litsenziyasiga da’vogar o‘zbekistonlik mutaxassislarning savollariga javob qaytardi


Toshkentda Osiyo futbol konfederatsiyasining xalqaro “A” sertifikati uchun bo‘lib o‘tayotgan murabbiylik o‘quv kurslariga futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper tashrif buyurdi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.

“A” litsenziyasi uchun tahsil olayotgan murabbiylar 8-noyabr sanasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan uchrashdi. Ta’kidlanishicha, argentinalik mutaxassis uchrashuv davomida murabbiylarni qiziqtirgan savollarga javob berib o‘tgan. Shuningdek, murabbiylik sohasi bo‘yicha turli masalalar bo‘yicha fikr almashilgan.

Qayd etilishicha, mazkur o‘quv kursida 24 nafar murabbiy ishtirok etmoqda. O‘quv kursini FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov olib bormoqda. Unga koordinator Oybek Davletmuratov yordam beryapti. Ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlar 2019-yildan boshlab Pro-ligada bosh murabbiy, Superligada yordamchi murabbiy, terma jamoalarda esa murabbiy bo‘lib ishlash huquqini qo‘lga kiritadi. Shundan so‘ng murabbiylar 2 yil davomida murabbiy sifatida faoliyat yuritib, keyin “Pro” litsenziyasi uchun o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

O‘quv kurslarida Temur Kapadze, Viktor Karpenko, Asror Aliqulov, Ne’matullo Quttiboyev, Xayrulla Karimov, Abdumajid Toirov kabi futbolchilar ishtirok etmoqda. Shuningdek, “A” litsenziyasini qo‘lga kiritib bo‘lgan mutaxassislar — Ulug‘bek Baqoyev, Jasur Abduraimov va Jafar Irismetovlar erkin tinglovchi sifatida kurslarda qatnashmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2018, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют