» » “Toshshahartransxizmat” poytaxtda ikkita yangi avtobus yo‘nalishini tashkil etdi

“Toshshahartransxizmat” poytaxtda ikkita yangi avtobus yo‘nalishini tashkil etdi


“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati aholi murojaatlarini o‘rganib chiqqach, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ikkita yangi yo‘nalishni tashkil etdi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.

Endi jamiyat avtobuslari “183-Binokor qo‘rg‘oni – Do‘stlik metro bekati” hamda “120-Keles shaharchasi – Chorsu metro bekati” yo‘nalishlarida ham qatnaydi.

Mazkur yangi yo‘nalishlarga uchinchi va beshinchi avtosaroylar tomonidan avtobuslar biriktirilishi ko‘zda tutilgan.

Shu kunga qadar bu yo‘nalishlarda xususiy tashuvchilar transport xizmatlarini ko‘rsatib kelgan. Ammo ular tomonidan yo‘lovchilar uchun hech qanday imtiyozlar berilmagan. Yangi yo‘nalishni tashkil etish bo‘yicha aholi murojaatlariga ham aslida ana shunday holatlar sabab bo‘lgan.

“‘Toshshahartransxizmat’ AJ tomonidan yo‘lga qo‘yiladigan yangi yo‘nalishlarda oylik yo‘l chiptalari, imtiyozli guvohnomalar va jetonlar to‘la amal qiladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2018, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют