» » Eron Hind okeanida keng qamrovli harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi

Eron Hind okeanida keng qamrovli harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi


Eron harbiy dengiz kuchlari Hind okeanining shimoliy qismida keng qamrovli “Viloyat-95” nomli harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi. Bu haqda Eronning Tasnim agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Mashg‘ulotlar 26-fevral kuni Eron harbiy dengiz kuchlari qo‘mondoni, kontr-admiral Habibulla Sayyoriy buyrug‘i bilan boshlandi. Xabar qilinishicha, mashqlar taxminan 2 million kvadrat kilometr hududda bajarilmoqda.

“Viloyat-95” taktik manyovrlar, razvedka operatsiyalari, raketa va torpedani uchirish hamda qutqaruv operatsiyalarini amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

Mudofaa operatsiyalari doirasidagi mashg‘ulotlar vaqtida Eronda ishlab chiqarilgan suvosti kemasi va vertolyotlardan foydalaniladi. Eron harbiy dengiz kuchlari qo‘mondonligi jangovar texnikalar sonini oshkor qilmadi.

Опубликовано: admin (26-02-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют