» » “Barselona” yarim himoyachisi Koutinyo jarohat oldi

“Barselona” yarim himoyachisi Koutinyo jarohat oldi


Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Filippe Koutinyo jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Braziliyalik futbolchi 7-noyabr, chorshanba kuni Yevropa Chempionlar Ligasining 4-turida “Inter”ga qarshi o‘yinda oyog‘idan jarohat oldi. Unga chap oyoq mushaklari uzilishi tashxisi qo‘yilgan. Qayd etilishicha, Koutinyo yaqin 2-3 hafta maydonga tusha olmaydi.

U “Barselona”ning 11-noyabr kuni “Betis”ga qarshi bahsini o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, futbolchining 24-noyabrda “Atletiko”ga qarshi o‘yinda ham maydonga tushishi so‘roq ostida.

Ma’lumot uchun, Koutinyo joriy mavsum La Liganing 11 ta o‘yinida qatnashib, 4 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2018, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют