» » Toshkent tumanida 5 kishi is gazidan zaharlanib shifoxonaga yotqizildi

Toshkent tumanida 5 kishi is gazidan zaharlanib shifoxonaga yotqizildi


Toshkent tumanida joriy yilning 7-noyabr kuni “Oydinhayot” MFYda yashovchi K.I. ismli ayolning uyi yerto‘lasiga o‘rnatilgan Nefit rusumli isitish pechi mo‘risidan sizib chiqqan is gazidan o‘zi va birga yashovchi qizi, ikki nafar nabirasi va mehmonda bo‘lgan qarindoshi zaharlanib kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida 2018-yil 7-noyabr kunida “Sebzor” MFYda yashovchi H.M. uyida isitish pechiga ko‘mir yoqib nazoratsiz qoldirishi sababli o‘zi va birga yashovchi turmush o‘rtog‘i M.M. ko‘mir isidan zaharlanib kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2018, 20:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют