» » O‘zbekistonliklar Umra ziyoratini o‘tamoqda

O‘zbekistonliklar Umra ziyoratini o‘tamoqda


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan joriy yildan e’tiboran O‘zbekistondan muborak Umra ibodatlarini ado etish uchun boradigan fuqarolarimizning soni haqida cheklovlar olib tashlanganligi, boruvchilar endi avvalgidek yilning bahor faslida yoki Ramazon oyidagina emas, balki butun yil davomida ado etishlari belgilandi.

O‘zA xabariga ko‘ra, bugun O‘zbekistondan muborak Umra safariga borgan ziyoratchilar Madinai Munavvara shahrida 5 yulduzli Pullman Zamzam Madina Hotel mehmonxonasi va Makkai Mukarrama shahrida 4 yulduzli Al Kiswah Hotel Towers mehmonxonalarida istiqomat qilmoqda. Ziyoratchilarga tajribali ishchi guruhi, malakali shifokorlar hamda O‘zbekistondan borgan mohir oshpazlar xizmat ko‘rsatmoqda.

Ilgarilari ziyoratchilar o‘zlari uchun ajratilgan soatni kutib, oshxonalarda navbat bilan ovqat olishar va ancha qiyinchiliklarga duch kelar edi.

Ushbu mehmonxonalar ikki Haramga ham juda yaqin joyda joylashgan. Ziyoratchilarni Harami sharifga olib borish uchun kunu tun eng so‘nggi rusumdagi mikroavtobuslar tashkil qilinganligi o‘z navbatida ziyoratchilarni besh vaqt namozlarini Harami sharifda o‘qishi uchun imkon beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2018, 22:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют