» » O‘zbekistonda Rossiya migratsiya markazi ochiladi

O‘zbekistonda Rossiya migratsiya markazi ochiladi


O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi delegatsiyasi 30-oktabr—2-noyabr kunlari Rossiyada ishchi tashrif bilan bo‘ldi. Bu haqda vazirlikning Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.

Tashrif doirasida 30-oktabr kuni delegatsiya Rossiya Federatsiyasi mehnat va ijtimoiy himoya vaziri o‘rinbosari A.Cherkasov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar bir qator muhim masalalarni muhokama qildi, ular orasida O‘zbekiston hududida O‘zbekiston fuqarolariga Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (patent)lar berish xizmatlarini taqdim etuvchi Rossiya Federatsiyasining ko‘p funksionalli migratsiya markazini tashkil etish ham bor edi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Bandlik va mehnat muhofazasi ilmiy markazi hamda Rossiya mehnat vazirligi Mehnat Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti va Iqtisodiyot oliy maktabi o‘rtasidagi hamkorlik, fuqarolar mehnat staji va pensiya huquqlarini o‘zaro hisoblash bo‘yicha kelishuv loyihasini ishlab chiqish, shuningdek, ikki mamlakat pensiya jamg‘armalari o‘rtasida ma’lumotlar elektron bazasi almashinuvi masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Tomonlar 2018-yil 20-dekabrda Toshkentda mavjud kelishuvlarga erishish bo‘yicha ishchi guruhning birinchi uchrashuvini o‘tkazishga kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют