» » Hasan Ruhoniy Eron prezidenti saylovida ishtirok etadi

Hasan Ruhoniy Eron prezidenti saylovida ishtirok etadi


Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mayda bo‘lib o‘tadigan mamlakat prezidenti lavozimi uchun saylovda ishtirok etishga qaror qildi. Bu haqda parlament ishlari bo‘yicha vitse-prezident Husaynali Amiriy ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Hozircha prezident Hasan Ruhoniy saylovda o‘z nomzodini ilgari surishi haqida rasman e’lon qilmadi.

Eron islom respublikasi tarixida 12-bor o‘tkaziladigan navbatdagi prezidentlik saylovi joriy yilning 19-may kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘tgan hafta saylovda ishtirok etuvchi birinchi nomzodning nomi ma’lum bo‘ldi. Sobiq prezident Mahmud Ahmadinajod ma’muriyatida vitse-prezident vazifasini bajargan Hamid Rizo Bagai saylovda ishtirok etishi xabar qilindi.

Saylovga nomzodlarni ilgari surish jarayoni 15-aprel kuni yakunlanadi.

Avvalroq saylovda ishtirok etish niyati yo‘qligini qator siyosatchilar, xususan, Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif, vitse-prezident va Atom energiyasi bo‘yicha tashkilot rahbari Ali Akbar Solihiy, parlament spikeri Ali Larijoniy hamda 2005—2013-yillar Eron rahbari bo‘lgan Mahmud Ahmadinajod ma’lum qilgan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-02-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют