» » Yangidan qurilgan Xiva vokzalida mehmonlar uchun ma’lumotlar markazi tashkil qilindi

Yangidan qurilgan Xiva vokzalida mehmonlar uchun ma’lumotlar markazi tashkil qilindi


Sayyohlarga zamon talablari darajasida xizmat ko‘rsatish va xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zA Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib.

Yangidan qurib foydalanishga topshirilayotgan Xiva vokzalida ham mehmonlar uchun ma’lumotlar markazi tashkil qilindi.

Endilikda vohaga tashrif buyuruvchi sayyohlar vokzal hududida turib o‘zlari uchun zarur bo‘lgan aviachiptalar, temir yo‘l biletlari narxlari va ularga buyurtma qilish, mehmonxonalar haqida to‘liq ma’lumot olish va band qilish, restoran, kafe, barlar va ularda tashkillashtirilgan xizmat turlari, Xiva va Urganch shaharlarining turistik xaritalari, taksi chaqirish xizmatlari, mototransport vositalarini ijaraga olish, gid ekskursovod xizmatlaridan foydalanish va viloyatda o‘tkaziladigan madaniy ko‘ngilochar tadbirlar haqidagi ma’lumotlarni o‘zbek, ingliz va rus tillarida malakali mutaxassislardan olishlari mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют