» » Xorazmda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi

Xorazmda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi


Xorazm viloyatida “Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash, logistika va eksportni tashkil qilish” mavzuida forum tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unda sohaga tegishli tashkilot vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, viloyat xokimligi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Prezidentning 2017-yil 2-martda qabul qilingan “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z bordi.

– Tadbir davomida mutaxassislar bilan korxonam faoliyati, ishlab chiqarishda qadoqlash, quritishda qo‘llanilayotgan chet el texnologiyalari afzalliklari haqida fikr almashdim. Shu bilan birga, Xorazm sharoitida poliz mahsulotlarini qayta ishlashning zamonaviy usullari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘ldim, – deydi “Xorazm qovuni” korxonasi rahbari S. Xadjayev.

Forum so‘ngida viloyatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda ilg‘or tajriba va innovatsiyalarni, zamonaviy agrotexnik tadbirlarni qo‘llash, meva-sabzavotni qayta ishlash va eksportini tashkil qilish, xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini samarali o‘zlashtirish masalalari qayd etilgan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют