» » Joze Mourinyo “Manchester Yunayted” bilan mavsumdagi ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi

Joze Mourinyo “Manchester Yunayted” bilan mavsumdagi ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi


Angliya liga kubogining finalida zafar quchgan “Manchester Yunayted” Joze Mourinyo bilan mavsumdagi ikkinchi sovriniga ega chiqdi. Chempionatni “Lester” ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshlab, Angliya Superkubogini o‘ziniki qilib olgan “qizil iblislar”, bu safar mamlakat Liga kubogida zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi.

Hal qiluvchi o‘yindagi raqib “Sautgempton” futbolchilari bo‘lib, Klod Pyuel shogirdlari manchesterliklarga yetarlicha qarshilik ko‘rsata oldi. Uchrashuvdagi dastlabki ikki gol “Yunayted” tomonidan kiritilgan bo‘lsa-da, keyinroq Manolo Gabbyadini o‘zini ko‘rsatib, muvozanatni tiklashga erishdi.

Uchrashuv yakuni arafasida Zlatan Ibrahimovich katta sahnaga chiqib, u ham dublini rasmiylashtirdi va xuddi Superkubokda bo‘lgani kabi jamoasiga muhim g‘alaba tortiq qildi. Qayd etish kerak, Ibrahimovich aynan Mourinyoning istagi bo‘yicha Manchesterga tashrif buyurgandi.

“Sautgempton” finalga qadar “Arsenal”, “Liverpul” kabi klublarni turnirdan chiqarib yuborgandi. Liga kubogidagi g‘alaba uning kelasi mavsum Yevropa ligasida ishtirok etishini ta’minlab berardi. Biroq Mourinyo va uning jamoasi bunga yo‘l qo‘ymadi.

“Yunayted”ning Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishi uchun ikki yo‘l bor: biri APLda kuchli to‘rtlikka kirish, ikkinchisi Yevropa ligasida zafar quchish. Hozircha Mourinyo har ikki frontda ham kurashni davom ettirmoqda. Shuningdek, Angliya kubogida ham “Yunayted” mag‘lub bo‘lganicha yo‘q.

Angliya liga kubogi
Final
26-fevral, yakshanba

Gollar: Zlatan Ibrahimovich, 19 (1:0). Jessi Lingard, 38 (2:0). Manolo Gabbyadini, 45+1 (2:1). Manolo Gabbyadini, 48 (2:2). Zlatan Ibrahimovich, 87 (3:2).

Опубликовано: admin (27-02-2017, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют