» » “Manchester Siti”—“Manchester Yunayted”, “Chelsi”—“Everton”. APL 12-turi anonsi

“Manchester Siti”—“Manchester Yunayted”, “Chelsi”—“Everton”. APL 12-turi anonsi


10-noyabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasida 12-tur bahslari boshlanadi. Kun taqvimidan 6 ta uchrashuv o‘rin olgan.

Turning dastlabki bahsida “Kardiff Siti” jamoasi “Brayton”ni mehmon qiladi. Bahs 16:30 da boshlanishi belgilangan. Shuningdek, “Lester” o‘z maydonida “Byornli” klubini qabul qilsa, “Vest Hem” “Haddersfild” mehmoni bo‘ladi. Ikkala bellashuv ham 19:00 da boshlanadi.

Kuchli to‘rtlikda borayotgan “Tottenhem” esa shu kuni 14-o‘rindagi “Kristal Pelas” maydoniga safar qiladi. O‘yin 21:30 boshlanishi belgilangan.

Kuchli beshlik jamoalari esa o‘z uchrashuvlarini 11-noyabr, yakshanba kuni o‘tkazadi. Jumladan, “Liverpul” so‘nggi o‘rindagi “Fulhem”ni sinovdan o‘tkazsa, “Chelsi” 9-o‘rindagi “Everton” bilan bahsga kirishadi. Londonning “Arsenal” klubi esa o‘z maydonida “Vulverhempton” jamoasi bilan kuch sinashadi.

Turning markaziy o‘yini esa Manchester shahridagi “Etihad” stadionida kechadi. Unda Xosep Gvardiola boshchiligidagi APL karvonboshisi “Manchester Siti” Joze Mourinyo yetakchiligidagi “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs olib boradi.

12-turdan oldingi holat

Angliya premyer ligasi

12-tur bellashuvlari

10-noyabr, shanba

11-noyabr, yakshanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют