» » Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi


Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining navbatdan tashqari kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibida tashkiliy masala ko‘rildi, deb yozadi O‘zA.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi raisining tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Mahbubov Dilshod Mo‘minovich, yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Kirgizbayev Turg‘un Turdaliyevich tasdiqlandi.

Shuningdek, yig‘ilishda mahalla fuqarolar yig‘inlarining jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylantirish, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirish yuzasidan so‘z yuritildi.

Tadbirda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, tizimda yagona huquqni qo‘llash bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют