» » Farg‘onada tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanayotganlar aniqlandi

Farg‘onada tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanayotganlar aniqlandi


Farg‘ona viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan tegishli ruxsatnomalarsiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash yuzasidan belgilangan tartibda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Farg‘ona va Qo‘qon shaharlari hamda Oltiariq tumanida o‘tkazilgan qisqa muddatli tekshirishlarda bir nechta qonunbuzilish holatlari qayd etildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xususan, Farg‘ona shahrining Markaziy dehqon bozori hududida joylashgan savdo shahobchasida fuqaro A.A. tomonidan tegishli ruxsatnomalarsiz 29 turdagi 752 quti, umumiy qiymati 8,7 million so‘mlik yaroqlilik muddati o‘tgan tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘yilganligi aniqlandi.

Qo‘qon shahridagi “Buyuk ipak yo‘li” savdo kompleksida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida esa savdo shahobcha rahbari Q.A. tomonidan aksiz markasiz hamda tegishli ruxsatnomalarsiz 18 xil turdagi 887 quti jami qiymati 5,8 million so‘mlik tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi qayd etildi.

Oltiariq tumanida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor Yu.R. ham o‘z faoliyatiga mos kelmagan ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi. Qonun buzuvchining tegishli ruxsatnomalarsiz, aksiz markasiz hamda yaroqlilik muddati o‘tgan jami 27 xil turdagi 4 444 quti umumiy qiymati 32,5 million so‘mlik tamaki mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi qayd etildi.

Yuqoridagi holatlarning barchasida tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanayotganlarning tovar moddiy boyliklari masala qonuniy hal bo‘lgunga qadar vaqtinchalik olib qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют