» » Samarqandda dala shiyponida elektrga noqonuniy ulangan shaxs 28 mln so‘m zarar yetkazdi

Samarqandda dala shiyponida elektrga noqonuniy ulangan shaxs 28 mln so‘m zarar yetkazdi


MIB Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan iste’molchilarning energiya resurslari va suv ta’minotidan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ahvoli muntazam o‘rganib borilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Navbatdagi tekshirishlarda “Ukrach” mahallasida yashovchi fuqaro S.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan dala shiyponida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘idan noqonuniy ravishda, o‘zboshimchalik bilan foydalanib kelgani aniqlandi.

U tekshiruvga qadar 122 ming 391 kilovatt-soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelishi oqibatida elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga slakam 28 million so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan MIB Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan fuqaro S.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют