» » Yaponiyada birinchi marta to‘qima hujayralari Parkinson kasalligini davolash uchun qo‘llandi

Yaponiyada birinchi marta to‘qima hujayralari Parkinson kasalligini davolash uchun qo‘llandi


Yaponiyaning Kioto universiteti olimlari Parkinson kasalligini davolash uchun o‘stirilgan to‘qima hujayralarini transplantatsiya qilish bo‘yicha dunyodagi birinchi operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Shu vaqtgacha davosi topilmagan Parkinson kasalligi nerv hujayralarining qisqarishi va ular tomonidan ishlab chiqariladigan neyromediator dopaminning (dofamin) yetishmasligi sababli harakat qobiliyatining yo‘qilishiga olib keladi. Dofaminning yetishmasligi inertlikning oshib ketishiga va kognitiv jarayonlarning sekinlashishiga olib keladi. Hozircha tibbiyot kasallikning faqat simptomlarini yengillashtira oladi, xolos.

Operatsiya oktabr oyida 60 yoshdan oshgan erkakda o‘tkazilgan. Uning miyasiga o‘stirilgan to‘qima hujayralaridan olingan nerv hujayralari ko‘chirib o‘tkazilgan. Uch soat davom etgan operatsiyada bemor peshona suyagining chap qismida teshik ochilgan va u orqali miyaga taxminan 2,4 millionta o‘stirilgan to‘qima hujayra kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-11-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют