» » O‘zbekistondagi mehmonxonalarda nonushtaning milliy ko‘rinishi joriy etiladi

O‘zbekistondagi mehmonxonalarda nonushtaning milliy ko‘rinishi joriy etiladi


O‘zbekistondagi mehmonxonalar, hostellar va mehmon uylarida qisqa vaqt ichida nonushtaning milliy ko‘rinishi paydo bo‘ladi. O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi shunday tashabbus bilan chiqdi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Qaymoq, obi non, somsa, mavsumiy mevalar va sabzavotlar, choy, novvot, yong‘oqlar, quruq mevalar va milliy shirinliklar — bularning barchasini “o‘zbekona nonushta” standartiga kiritib, turklar, inglizlar yoki fransuzlardagi kabi haqiqiy brendga aylantirish rejalashtirilyapti.

— Inglizlar yoki turklar kabi o‘z an’analarimiz bor. Qadim-qadimdan tongda o‘zbek oilasi dasturxonidan qaymoq va obi non xushbo‘y shirin choyi bilan joy olgan. Mehmonxonalarda “o‘zbekona nonushta” standartini joriy etish g‘oyasi shundan paydo bo‘ldi. Hududlardan kelib chiqib mazkur andoza muayyan viloyatda dasturxonga qo‘yiladigan non, somsa va boshqa taom turlari hisobiga to‘ldirilishi mumkin. Masalan, Farg‘ona vodiysida nonushtaga mastava berishadi. Ushbu barcha o‘ziga xosliklarni inobatga olamiz va “o‘zbekona nonushta” standartini shakllantiramiz, — dedi O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi raisi Akbar Umarov.

Hozircha bu muhokamalar bosqichida turibdi. Mahalliy yirik mehmonxonalarda “o‘zbekona nonushta” yagonaligicha qolmaydi. Yaqin kunlar ichida nafaqat inglizcha va fransuzcha, balki aytaylik, koreyscha, ispancha yoki hindcha nonushtalar ham paydo bo‘ladi. Mahalliy oshpazlar esa boshqa mamlakatlardan kelgan hamkasblariga “o‘zbekona nonushta” sirlarini o‘rgatadi.

Ayni paytda milliy standartni yulduzlari sonidan qat’iy nazar mehmonxonalar, xostellar va mehmon uylariga tatbiq etish mo‘ljallanyapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-11-2018, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют