» » AQShga kelishdan bosh tortgan eronlik rejissor “Chet tilidagi eng yaxshi film” yo‘nalishida “Oskar” yutib oldi

AQShga kelishdan bosh tortgan eronlik rejissor “Chet tilidagi eng yaxshi film” yo‘nalishida “Oskar” yutib oldi


AQShning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida boshlangan “Oskar” mukofotlarini topshirish marosimida “Chet tilidagi eng yaxshi film” yo‘nalishida eronlik rejissor Asqar Farhodiyning “Kommivoyajer” kartinasi g‘olib bo‘ldi, deb yozadi “Vedomosti”. U AQSh prezidenti Donald Trampning immigratsiya farmonlariga noroziligi tufayli marosimga kelishdan bosh tortgan edi.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha nomzodlar qatorida Avstraliyaning “Tanna”, Germaniyaning “Toni Erdmann”, Daniyaning “Mening yerim” va Shvetsiyaning “Uvening ikkinchi hayoti” filmlari bor edi.

2016-yilda “Kommivoyajer” Kann kinofestivalida ham ikkita mukofotni qo‘lga kiritgan edi.

Опубликовано: admin (27-02-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют