» » Somalidagi portlash oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

Somalidagi portlash oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi


Somali poytaxti Mogadisho shahridagi Sahafi Hotel mehmonxonasi yaqinida xudkush terrorchilar tomonidan to‘rtta avtomobil portlatilishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi jabrlandi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Mehmonxona yaqinida uchta portlash yuz berganidan so‘ng shifokorlar yaralanganlarga yordam ko‘rsatish uchun yetib kelgan. Shu paytda esa to‘rtinchi portlash yuz bergan.

Sahafi Hotel mehmonxonasi Somali politsiyasi jinoiy ishlar departamenti binosi yaqinida joylashgan.

Xavfsizlik kuchlari mehmonxona binosiga portlash tufayli hosil bo‘lgan tuynukdan kirmoqchi bo‘lgan to‘rt nafar jangarini otib tashlagan.

“Ular mehmonxonaga kira olmagan bo‘lsa ham portlash oqibatida ko‘p begunoh insonlar halok bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, portlash uchun javobgarlikni “Ash-Shabob” ekstremistik guruhi o‘z zimmasiga olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-11-2018, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют