» » AQSh va O‘zbekiston mudofaa masalalari bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlarni o‘tkazdi

AQSh va O‘zbekiston mudofaa masalalari bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlarni o‘tkazdi


Kecha, 9-noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston—AQSh mudofaa idoralari vakillari ishtirokida navbatdagi ikki tomonlama maslahatlashuvlarni o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev va AQSh mudofaa vazirining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisining o‘rinbosari Kolin Jekson raisligida bo‘lib o‘tdi.

Unda AQSh harbiy delegatsiyasi hamda O‘zbekiston Mudofaa, Tashqi ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston—AQSh tegishli idoralari o‘rtasida imzolangan kelishuvlarning amalga oshirilishi yuzasidan fikr almashib, kelgusi rejalarni belgilab oldi. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining professional bilim va ko‘nikmalarini oshirish yo‘lida ikki mamlakat o‘rtasida harbiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, maslahatlashuv jarayonida Afg‘onistondagi vaziyat, unda tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mintaqada barqarorlikni saqlab qolish masalalari ham ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-11-2018, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют