» » Angliya premyer ligasida oktabr oyining eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

Angliya premyer ligasida oktabr oyining eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi


“Arsenal” klubining 29 yoshli hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang Angliya premyer ligasida oktabr oyining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda APLning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Obameyang “Arsenal” safida oktabr oyidagi 3 ta o‘yinda 5 ta gol urishga erishdi. U “Fulhem” va “Lester” bilan o‘yinda 2 tadan gol urgan bo‘lsa, “Kristal Pelas” bilan bahsda ham o‘z hisobida bitta gol yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

APLning joriy mavsumdagi 11 ta o‘yinida qatnashgan Pyer-Emerik Obameyang hisobida hozirda 7 ta gol bor. Va u to‘purarlar poygasida Eden Azar va Serxio Aguero bilan peshqadamlikni bo‘lishib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-11-2018, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют