» » Tramp Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari uchun kim aybdorligini ma’lum qildi

Tramp Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari uchun kim aybdorligini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari uchun javobgarlikni mahalliy ma’muriyat zimmasiga yukladi. Trampning qo‘shimcha qilishicha, agar tabiiy ofatga qarshi kurash uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadsiz sarfi bilan bog‘liq muammo hal etilmas ekan, shtat federal moliyalashtirishdan mahrum etilishi mumkin.

“Kaliforniyadagi katta zarar keltirayotgan va oxir-oqibat odamlarning o‘limiga sabab bo‘layotgan ushbu ommaviy yong‘inlarning yagona sababi — o‘rmon ne’matlarini yomon boshqarishdir. Har yili milliardlab dollar pul ajratiladi, odamlar esa qurbon bo‘lishda davom etmoqda, bularning bari o‘rmonlarning yomon boshqarilishi oqibati. Yo muammoni zudlik bilan hal qilasiz, yoki siz uchun ortiq federal mablag‘lar ajratilmaydi”, — deb yozdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.

Kaliforniya shimolidagi Camp o‘rmon yong‘inlari 8-noyabr, payshanba kuni boshlangan edi, hozirgacha ushbu tabiiy ofat oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan. Olov 36 ming gektardan ziyod maydonni qamrab olgan bo‘lib, 7 mingdan ortiq inshootlarni vayron qildi va bu bilan shtat tarixidagi eng vayronkor yong‘inga aylandi.

Bungacha shtat tarixidagi eng vayronkori deb 2017-yili kuzatilgan Tubbs yong‘ini hisoblanardi. U 17 ming gektar maydonni qamrab olib, 5,5 mingdan ortiq imoratning vayron qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-11-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют