» » Bekoboddagi bog‘chada 56 nafar bola va 2 tarbiyachi ovqatdan zaharlandi

Bekoboddagi bog‘chada 56 nafar bola va 2 tarbiyachi ovqatdan zaharlandi


2018-yil 9-noyabr kuni Bekobod shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 8-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining 8 nafar tarbiyalanuvchisi ovqatdan zaharlanishi tashhisi ehtimoli bilan yotqizildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bekobod shahar prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, hozirgi kunga qadar MTMning jami 56 nafar tarbiyalanuvchisi va 2 nafar tarbiyachi tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan bo‘lib, ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Shahar tibbiyot birlashmasi ma’lumotnomasiga ko‘ra, murojaat qilgan shaxslarning sog‘lik darajasi o‘rtacha bo‘lib, ularga “ovqat toksikoinfeksiyasi” tashhisi qo‘yilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan sudga oid kimyoviy va bakteriologiya ekspertizalari tayinlanib, Jinoyat kodeksining 257.1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bosh prokuratura tomonidan tergov harakatlari ustidan tegishli nazorat o‘rnatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют