» » Akademik Naim Karimov: “Ibrat 1937-yilda otib o‘ldirilmagan, qiynoqlar tufayli hayotdan ko‘z yumgan”

Akademik Naim Karimov: “Ibrat 1937-yilda otib o‘ldirilmagan, qiynoqlar tufayli hayotdan ko‘z yumgan”


75 yoshli Is’hoqxon to‘ra Ibrat 1937-yilda otib o‘ldirilmagan, balki qiynoqlar tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Akademik Naim Karimov To‘raqo‘rg‘ondagi Ibrat nomli tillar maktabida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda shunday farazni ilgari surdi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.

“O‘sha davrlarga oid hujjatlarda Ibratning otib o‘ldirilgani haqidagi asosli ma’lumotlarga duch kelmadim. Shu tufayli 75 yashar olim qiynoqlar oqibatida o‘lgan, degan xulosaga keldim”, – deydi akademik Naim Karimov.

Tadbirda “Muzey ekspozitsiyalarida Ibrat faoliyatining yoritilishi”, “Ibrat o‘rgangan Axsi”, “Ibratning qatag‘on etilishiga doir yangi ma’lumotlar” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Ma’rifatparvar olimning bugungi kunda hayot avlodlari xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

Anjuman joriy yilda Oliy Majlis qoshidagi fondning 30 million so‘m miqdoridagi grantiga sazovor bo‘lgan Ibrat xalqaro jamoatchilik jamg‘armasining viloyat hokimligi va Namangan davlat universiteti ko‘magidagi ilk loyihalaridan biri bo‘ldi.

Jamg‘arma ijrochi direktori, ma’rifatparvarning evarasi Ikromjon Sodiqovning aytishicha, kelgusida Ibrat yurgan manzillar bo‘ylab xalqaro ekspeditsiya tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2018, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 75) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют