» » Avstriyada Rossiya josusi hibsga olindi, u o‘n yilgacha qamalishi mumkin

Avstriyada Rossiya josusi hibsga olindi, u o‘n yilgacha qamalishi mumkin


28 yil davomida Rossiya foydasiga josuslik qilishda ayblanayotgan avstriyalik iste’fodagi polkovnik 10-noyabrga o‘tar kechasi qo‘lga olinib, hibsda saqlanmoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Ehtimoliy josusga davlatga xiyonat qilish ayblovi ilgari suriladi, u o‘n yilgacha qamoqqa hukm qilinishi mumkin.

Tergov 70 yoshli iste’fodagi polkovnikka nisbatan olib borilmoqda, u Rossiya harbiy razvedkasiga migratsiya inqirozi, Avstriya harbiy aviatsiyasi va artilleriya tizimlari haqidagi axborotni, shuningdek, avstriyalik ko‘plab yuqori mansabli harbiylar haqidagi batafsil ma’lumotlarni uzatgan.

Zalsburglik polkovnik o‘z xizmatlari uchun 300 ming yevroga yaqin haq olgan.

Avstriya mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, josus aybiga iqror bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2018, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют